Tajribali mutaxassislar
1 daqiqa o'qish22 ko'rish
"Tajribali mutaxassislar - bir ishni qayta-qayta, muvaffaqiyatli amalga oshirgan va bu jarayon haqida ya’ni bu muvaffaqiyat haqida unda yetarlicha case’lar, tushuntirishlar bor. Bu ishni qanday, qachon va nima uchun qilganini aytib bera oladi."
Bu "Vatandoshlik dasturi" kitobidan olingan.
Bu gapga yana bir bor amin bo‘ldim.
Yaqinda bir nomzod bilan suhbat qildik, marketing bo‘limi uchun edi.
Case’larni aytib berishda odatda STAR metodidan foydalaniladi:
S - situation
T - task
A - action
R - result
Nomzodda esa: S+T+R edi )
Ya’ni Action qismi yo‘q.
Aynan nima qilgani uchun, qaysi sabablarga ko‘ra bu natija bo‘lganini bilish muhim.
Agar natijaning sabablari aniq bo‘lmasa u natija sizniki emas.