Tavba
0 ko'rish
Qildim qayta ming gunoh,
Yelkamdadir bir guvoh.
Shaytondan so‘rab panoh,
Allohga qaytaymikan.
Qoldim ming bir savobdan,
Qabrdagi javobdan.
Dunyodagi sarobdan,
Allohga qaytaymikan.
Shayton qilib vasvasa,
Tavbadan qaytardi rosa,
Munofiqman-o toza ,
Allohga qaytaymikan.
Tavba qildim bir zamon
Shaytonni qilib tamom
Nafsim qo‘yarmi omon
Allohga qaytaymikan.
Kechirdi U bir zumda,
Hamma gapdir o‘zimda.
Yaxshi gumon so‘zida,
Ko‘zyosh esa ko‘zimda.