Jaloliddin
She'rlar

Yozilmagan she’rlar

0 ko'rish

She’rlar yozmay qo’ydim bilmam ne sabab, Tinglaguvchi yo’qmi yoki ilhomim. Tinglaguvchi yo’q deysanmi, tirik-ku onang, Ilhoming ham yo’q payti olding-ku qalam. Bahona ustiga yana bohona, Kimni aldamoqchisan asta, pinhona. Yozishing uchun bo’lishi kerakmi janona, Muhabbat ham yoq payti olding-ku qalam. Dard kerakmi yoki musibat, Ofiyat senga ilhom bermasa kerak. Boshingda turganda qora bulutlar, Yomg’ir yog’ganda ham olding-ku qalam.