Allohning marhamati
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
Alloh bizga doim loyiq bo‘lganimizdan ko‘proq xayriyatlar va manfaatlar ato qiladi.
O‘tmishimizda yuzlanib tafakkur qiladigan bo‘lsak, Alloh bizga ato qilgan hech bir narsaga loyiq emasligimizni tushunamiz.
Alloh ikki xil yondashuv qiladi:
Adolat va marhamat bilan!
Agar bizga nisbatan adolat bilsa, biz Allohning adolatiga toqatimiz yetmasligi aniq.
Shu sabab ham biz shukr qilishimiz kerak bo‘lgan jihatlar hayotimizda shunchalik ko‘pki ularning shukrini ado qilishga bizdagi umr yetmaydi.
Insonning bu dunyodagi martabasi ko‘tarilishi yoki tushishi doim ham uning harakatlari yoki "skill"lariga bog‘liq bo‘lmaydi.
Alloh istagan bandasini yuksaklarga ko‘tarib qo‘yaveradi.
Bir insonni butun dunyodagi insonlar yig‘ilib obro‘yini ko‘tarishmoqchi bo‘lsalar-u lekin buni Alloh istamasa, milliardlab insonlarning harakatlari 0ga teng bo‘ladi.
Yana boshqa bir insoni barcha yer bilan bir qilishmoqchi bo‘lsalar lekin buni Alloh istamasa hech kim hech narsa qila olmaydi.