Amaliyot orqali o‘rganish
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
universitetda o‘qimaganman lekin u berishi mumkin bo‘lgan barcha narsani, hattoki unda ham ko‘p foydalarni ish faoliyatim orqali olganman.
startapdagi bir oylik tajriba ba’zan bir yillik MBA ta’limiga teng keladigan bilim va tajriba berishi mumkin.
kompaniyadagi real ish faoliyati, sizga universitetda berilayotgan bilimdan ko‘ra afzal.
buning sabablari:
- haqiqiy muammolarga duch kelish.
- tez qaror qabul qilishga majbur bo‘lish.
- xatolarning oqibatlarini bevosita ko‘rish.
- olingan saboqlarni darhol amaliyotda qo‘llash.
universitetdagi bilimlar o‘zi eski, qolaversa endi u bilimlarni qachon va qayerda ishlatasiz?
uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rish bilan cheklanib qolmasdan, amaliyotga kirishish, xatolardan o‘rganish va o‘z ustida muntazam ishlash kerak.
bu yondashuv deliberate practice (https://t.me/c/3908975289/2) deb ataladi.
bu tushunchani psixolog va tadqiqotchi Anders Ericsson (https://en.wikipedia.org/wiki/K._Anders_Ericsson) ommalashtirgan.
deliberate practice - bu biror ko‘nikmani shunchaki takrorlash emas, balki uni aniq maqsad, doimiy feedback va xatolar ustida ishlash orqali tizimli ravishda rivojlantirish usuli.
5 ta asosiy tamoyili:
- aniq maqsad
- qiyinchilik
- diqqat
- feedback
- takomillashtirish
shunchaki biron nimani o‘rganish doim ham foydali bo‘lavermaydi.
muayyan maqsad bilan o‘rganish. Kechagidan ko‘ra ko‘proq harakat. Fokus bilan ishlash. Kamchiliklarni doim isloh qilib yanada yaxshilanish.
avval bularni o‘rganishimiz kerak