Adekvatlik
1 daqiqa o'qish5 ko'rish
inson hurmat qozonishni istasa - o‘zida hurmatga sazovor qiluvchi xarakter va ko‘nikmalarni shakllantirishi kerak.
men bir insonni juda hurmat qilaman.
hurmat qilish sababi bo‘ladi odatda.
men ayni o‘sha sababni izlab ko‘rdim va javob topdim.
adekvatlik.
vaziyatga mos munosabat bildirish.
har bir gapga xafa bo‘lish shart emas.
har bir xatoni fojiaga aylantirish shart emas.
har bir feedback’ni dushmanlik deb qabul qilish ham shart emas.
adekvat inson avval vaziyatni tushunishga harakat qiladi, keyin munosabat bildiradi.
reaksiya berishdan oldin reallikni ko‘rish kerak.
neytrallik oson.
lekin hamma ham adekvat bo‘la olmaydi.
o‘zingizda aynan shu sifatni rivojlantiring.
asosiy qoidalar:
- faktlar bilan gapiring
inson ajoyib-u g‘aroyib narsalarni talqin qilib tashlashi mumkin. Talqin qilishni nazorat qiling.
-
o‘zingizga yoqmagan fikrlarni ham eshiting. Odatda u fikrlarda jon bo‘ladi.
-
emotsiyalarni boshqar.
jamoadoshlarga dars o‘tayotganda EQ mavzusida juda go‘zal xulosa qilgan edik:
hissiyot bu signal - buyruq emas.
- maqsad o‘sha bahsda yutish emas.
bu bahs xayrli va barcha uchun manfaatli bo‘lishi kerak. Doim qarshi tomonni eshitish va tushunishga harakat qilish lozim.
- xato qilsangiz tan oling.
xato bu yangi ilm uchun imkoniyat. Shunchaki imkoniyatdan foydalaning.
adekvatlik oilaviy hayotda ham juda muhim hisoblanadi.
ajrimlarning asl sabablaridan biri - er xotinda aynan shu sifatning topilmayotganida menimcha.
adekvat bo‘laylik hay. )