Ko‘p o‘qing - shunchaki o‘qing
1 daqiqa o'qish4 ko'rish
Ko‘p o‘qing - shunchaki o‘qing
Keling bugun mutolaa haqida gaplashamiz.
"Inson kuniga 1 soat ilm-fan, matematika va falsafani o‘qish, keyingi 7 yil ichida sizni insoniyat muvaffaqiyatining yuqori darajasiga ko‘taradi."
Hozirgi kunimizda mutolaa shunchalik oson ya’ni inson har qanday manbani, har qanday joyda o‘qisa bo‘ladi. Bu holatda kitob o‘qish odatini shakllantirganlar yutib ketyapti.
"Mutolaaga mehr qo‘ymaguningizcha o‘zingizga yoqqan narsalarni o‘qing."
Trend yoki tavsiya emas, aynan o‘zingiz qiziqqan yo‘nalish, mavzu bo‘yicha kitob o‘qing. Siz o‘zingizga yoqqan narsani o‘qiyotganingiz sabab aniq mutolaaga mehr qo‘yasiz. Keyin sizga notanish bo‘lgan adabiyotlarga ham o‘tsangiz bo‘ladi.
"Shu kunlarda yangi narsalar mutolaasi bilan birga, avval o‘qiganlarimni qayta takrorlashga ko‘proq vaqt sarflamoqdaman."
"Men jamiki narsalarni o‘qib chiqmoqchi emasman. Shunchaki, 100ta eng zo‘r kitoblarni qayta-qayta o‘qishni xohlayman."
"Kitob o‘qish poyga emas - kitob qanchalik yaxshi bo‘lsa, uni shunchalik sekin va chuqur o‘zlashtirish lozim."
Haqiqatdan biz poygada emasmiz. Nima uchun "ko‘p kitob o‘qish poygasida" yoki "trend bo‘lgan kitoblarni kim tezroq tugatish", poygasida qatnashishimiz kerak?
Agar yaxshi bir kitobni o‘zimiz uchun kashf qilgan bo‘lsa, nima uchun uni sekin o‘qimasligimiz kerak? Yoki nima uchun uni qayta-qayta o‘qimasligimiz kerak?
Naval ham o‘zini ko‘p kitob o‘qiydigan inson deb bilmaydi. Kuniga bir-ikki soat mutolaaga vaqt sarflaydi lekin bu ishi bilan Naval top 0.00001% odamlar qatoriga kiradi.
Kitob sotib olish borasida o‘zingizga cheklov qo‘ymang. Ko‘p kitob sotib olmasangiz uyingizda kutubxona paydo bo‘lmaydi. )
Adashmasam to‘rt yoki beshinchi sinfligimda kitobga mehr qo‘yganman ammo uyda kutubxona bo‘lmagani uchun bu mehr yo‘qolib qolgan menimcha, chunki kitoblar kam edi.
Shu sabab har bir uyda kutubxona bo‘lishi zarur.
Mutolaa haqida davom etamiz.
Biz kitob o‘qish borasida o‘zimizga umuman kerak bo‘lmagan cheklovlarni qo‘yamiz.
- kitobni boshidan boshlash;
- kitobni oxirigacha o‘qish;
- bir vaqtda bittadan oshiq kitob o‘qimaslik va hok.
Kitob o‘qish bo‘yicha o‘zingizga hech qanday majburiyat qo‘ymang. Shunda mutolaaga mehr qo‘yishingiz osonlashadi.
*qo‘shtirnoq ichidagi gaplar Navalga tegishli