Bir kunlik toy, xo‘sh keyin-chi?
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
Sen bir kunlik toy uchun tayyorsan, ko‘z tegmasin!
Hammasi ideal, mashinalar, soch turmaging.
Sartarosh akam bilan ko‘p gaplashamiz bu mavzuni:
Sartarosh akam: "Xudo xohlasa to‘yingda zo‘r soch turmagi qilib beraman", deydilar.
Men esa bunga qarshiman va odatiy soch turmagi qilib berishlarini ta’kidlayman doim.
Mayli, xullas sen bir kunlik toy uchun zo‘r tayyorgarlik qilyapsan, xo‘sh keyin-chi seni butun umrlik oila mas’uliyati turgani haqida hech o‘ylab ko‘rganmisan ?
Senga bir oila ishonib, bir ota ishonib 18-20 yil hech kimga ishonmasdan tarbiya qilgan, o‘stirgan, endi oilasiga, onasiga yordamga kirgan qizini senga topshirayotgani haqida o‘ylaysanmi ?
Yoki uylanib bo‘lib keyin o‘ylaysanmi ?
1 yil o‘tar o‘tmas Alloh bersa farzandli bo‘lishing haqida-chi ?
Farzand tarbiyasi farzanding bilan birga o‘rganmoqchimisan ?
Ey yigitlar! (O‘zim ham)
Bir oz kengroq va samimiy fikr qilaylik!
Bizda mas’uliyat juda katta!