Aura
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
O‘z ishining ustalari bilan suhbat qurish insonga juda katta energiya hamda ishtiyoq beradi.
Shu kunlarda yangi kurslarni yo‘lga qo‘yish arafasida turibmiz. Mening vazifam esa shu yangi kurslar uchun mentorlarni jalb qilish. Shu sabab ko‘p tajribali mutaxassislar bilan muloqot qilyapman.
Tajriba bu — faqat yillar emas, bu o‘sha yillarda o‘rganilgan saboqlar, qilingan xatolar, topilgan yechimlar, yengilgan qiyinchiliklar demakdir.
Har bir mutaxassis bilan suhbatlashganimda, ularning so‘zlarida nafaqat bilim, balki hayotiy donolik, mehnatga bo‘lgan mehr va o‘z sohasi uchun yonib yashash borligini ko‘ryapman.