Butun umrlik xulosa qilmang
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
Hech qachon bir inson haqida bir xulosa chiqarib u xulosaga butun umr suyanmang!
Insonlarga soft va hard tomonlama xulosalar beramiz va shu qilgan xulosamiz biz bilan yillar davomida yashaydi. Bu qanchalik to‘g‘ri ?
Soft jihatlama oladigan bo‘lsak ham, inson rivojlanuvchidir. Vaqt o‘tgani sari axloq kasb etishi va o‘zidagi salbiy tomonlarini, nuqsonlarini bartaraf etishi mumkin.
Bir insonni sigaret chekayotganini ko‘rgan bo‘lsangiz u bir yil o‘tib ham shu ishini qiladi degani emas. Balki bu ishi haromligini tushunib yetgan bo‘lishi ham mumkin.
Bir yil oldin biri o‘g‘irlik qilishni odat qilib olgan bo‘lsa, u hozir ham o‘g‘rilik qilayotganiga dalil emas.
To‘g‘ri bir yomon ishga odatlanib qolgan inson uni tashlashi oson ish emas. Ayniqsa bu xarakterga bog‘liq narsalar bo‘lsa. Inson xarakteri o‘zgarishi qiyin.
Bir insonning g‘azabi juda kuchli bo‘lsa, uning g‘azabi yillar o‘tgani sari yo‘q bo‘lib ketmaydi chunki bu uning xarakterida bor lekin u axloq kasb etib, ruhiy tarbiya olib bu g‘azabini to‘g‘ri yo‘naltirishni o‘rganishi mumkin-ku.
Soft jihatlama bir xulosaga suyanishni yaxshilab o‘ylab ko‘ring, inson hayotini hatto bir so‘z o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Endi hard jihatlama gap bo‘lishi ham mumkin emas.
Bir yil oldin bir xodim berilgan vazifani uddalay olmagan bo‘lsa bo‘ldi u butun umr bu ishni qila olmaydi degan xulosada yuramiz holbuki u inson uddalay olmagan ishini ertasi kuni o‘rganib olgandir.
Inson hard tomonlari o‘sishi softga nisbatan osonroq bo‘ladi.
Menga qolsa har kuni xulosangizni yangilang, balki ana o‘shanda to‘g‘ri va realroq xulosaga ega bo‘larsiz.