Do'st
0 ko'rish
Ko‘rmaganman do‘st xiyonatin,
Shubha bormi do‘stim diyonatin.
So‘rashadi qaydan topgansan,
Bundayin do‘st ziyofatin.
Kishi bermas bir tomchi qonin,
Mening do‘stim beradi jonin.
So‘ramasam ham undan bir narsa,
U berdi, beradi borin.
Do‘stlarim o‘zi ko‘p emas,
Ko‘p bo‘lsa ham sifatsiz emas
Ular birov haqqini yemas,
Doim derlar halolga yetmas.
Inson yurar do‘stin dinida,
Dini islom, men do‘stim dinida.