Ramazon
0 ko'rish
Shayton ekan kishanda,
Nafsim esa hashamda.
Ramazonda ham bir xil,
Kunim o’tar chamamda.
Gunohlar kamaymadi,
Savoblar ko’paymadi.
Chalg’ituvchi hech bir yo’q,
Gap shaytondamas chamamda.
Zikrlar unutildi,
Til esa quritildi.
Ilm olish ham qoldi,
Kitoblar bor edi chamamda.
Saharlikka ham uxlar,
Iftorlikda taom ko’zlar.
Ro’zadorman deya so’zlab,
Kuning o’tar chamamda.
Ko’zlar o’ynar uyon-buyon,
Izlab nomahram juvon.
Bu ishlaring qildi hayron,
Gap shaytondamas chamamda.
Taqvo haqda va’zlar so’zlab,
Yotar iymon bo’zlab, bo’zlab.
Sen nelarni yuribsan ko’zlab,
Hamma gap senda chamamda.
(20 daqiqada yozildi)