Fundamental bilim
1 daqiqa o'qish26 ko'rish
Naval doim fundamental bilimlar juda muhimligi haqida aytadi.
- Bir kitobni o‘qib, tushunmayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizga savol bering: "Bu kitobni tushunish uchun menga qaysi fundamental bilimlar kerak?", deb.
Bu gapni o‘qiganimdan so‘ng, mendagi ancha yillik kitob o‘qish borasida bir fikr o‘zgardi.
Men kitobni qo‘lga olib o‘qiyotganimda, agar u meni qiziqtirib, ichiga olib kirib ketmasa demak men uchun emas deb o‘ylar va kitobni yopar edim.
Demak masala kitob meni qiziqtirishida emas balki menda qanchalik fundamental bilimlar borligida ekan.
Men har gal kitob o‘qiganimda, bu kitob meniki emas ekan, deb ketaversam men u kitob vaqt o‘tib meniki bo‘lib qolmaydi agar men unga oid fundamental bilimlar olmasam.
Qo‘limizga kitob olganimizda, tushunmagan joylarimiz ko‘p chiqsa - bu kitobni yopib qo‘yishimiz uchun sabab bo‘lmasligi kerak.
Balki:
- o‘zimizga yuqoridagi savolni berib
- o‘sha fundamental bilim qaysi ekanligini aniqlab
- uni o‘rganib
- keyin qayta o‘sha kitobni o‘qib ko‘rishimiz lozim.