Opportunity cost
1 daqiqa o'qish37 ko'rish
Opportunity cost - bu qilgan tanlovingiz sabab voz kechilgan eng yaxshi imkoniyat yoki variant.
A ni tanlasa, B dan olinishi mumkin bo‘lgan natija.
Misollar bilan tushuntirishga harakat qilaman.
Ishni tanlash yoki o‘qish:
a) Deylik oyiga $1000 topish b) Universitetda o‘qish yoki malaka oshirish, 2-4 yil davom etadi va bu jarayonda siz daromad ko‘rmaysiz
Agar siz ishni tanlasangiz, opportunity cost faqat o‘qish uchun to‘lanadigan pul emas.
Siz voz kechayotgan narsalar:
- yangi bilim
- diplom yoki malaka
- yangi netvorking
- 2-4 yildan keyingi yuqoriroq daromad imkoniyati
Bugungi $1000 ni tanlashning opportunity cost’i - ta’lim orqali kelajakda olishingiz mumkin bo‘lgan imkoniyatlar.
Yana bir misol: Oila va karyera
Ishingizda katta lavozimga ko‘tarilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Buning uchun:
- kechasi ishlash
- dam olish kunlari ishlash
- ko‘p safar qilish
kerak.
Siz lavozimni qabul qildingiz. Uning opportunity cost’i nima?
Faqatgina bo‘sh vaqt emas.
Balki:
- farzandlari bilan o‘tkazilmagan vaqt
- oilaviy munosabatlar
- sog‘lom dam olish
- shaxsiy hayot
- boshqa loyihalar
Ba’zi opportunity cost’larni pul bilan o‘lchab bo‘lmaydi.
Biror qaror qabul qilishdan oldin uning Opportunity cost’ni nima ekanligi haqida aniq tasavvurga ega bo‘ling, chunki bir varyantni tanlash - boshqa variatdan voz kechishdir.
Opportunity cost - Charlie Mungerning fikrlash modellari ichida eng muhimlaridan biri hisoblanadi.