Hammada vazifa bor
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
Har birimizda ish turimizdan kelib chiqqan holda o‘z vazifalarimiz bor.
Qachon, qanday va nima uchunligini o‘rgatishgan.
Lekin...
Bu vazifalar ichida bir vazifa bor, uni unutib qoyamiz.
Bu vazifa - fikrlashdir.
Fikrlash nima beradi?
Holatdan kelib chiqqan holda boshqacha yechimlar ya’ni samaraliroq yechimlar berishimizga sabab bo‘ladi.
Hech qachon yechin bitta bo‘lmaydi.
Sizga berilgan bir dona yechim sizni fikrlashdan to‘xtatishi kerak degani emas.
Yaqinda bir holatga guvoh bo‘ldim.
Bilasizlar poyezd o‘tganida avtomobil yo‘llari berkiladi. Bu berkilishning o‘z tartib qoidasi bor, gap yo‘q. Lekin bu holatda fikrlash ham kerak.
Meni yo‘limda 2ta shu kabi berkiladigan joylar mavjud. Shu ikkisining farqini tushuntirib bermoqchiman.
1-joy:
U joydagi mas’ul xodim asosan holatdan kelib chiqib harakat qiladi. Lekin bu qoidalar buzilishi emas. Xodim avvalo ertalab pik payti ekanligini his qiladi. Poyezd maksimal yaqinroq kelishimi kutib turadi va yo‘llarni yopadi. Eng qizig‘i ertalab 2ta poyezd o‘tadi u yerdan, oraliq vaqti taxminan 3-4 daqiqa, xodim shu vaqtdan ham unumli foydalangan holda mashinalarni o‘tkazadi.
2-joy:
Bu joydagi xodim manimcha faqat yo‘riqnomaga qarab ish tutadi. Poyezd 1 km uzoqlikda kelayotgan bo‘lsa ham yo‘llarni yopadi. )