Tajriba = Dushman
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
Tajriba ba’zida inson uchun dushman bo‘ladi.
Buni ko‘p bora o‘zimda hamda atrofdagilarda kuzatganman.
Keling avval tajriba nimaligini tushuntirsam.
Tajriba - bu bir inson bir ishni qayta qayta muvaffaqiyatli bajarishi hamda o‘sha muvaffaqiyat qayerdan, nima uchun kelayotganini bilishi va uni boshqalarga tushuntirib bera olishidir.
Deylik menda HR suhbatlari bo‘yicha tajribam bor, ya’ni shu yo‘nalishda ko‘plab case’larim bor.
Kimdir kelib aynan shu yo‘nalishda menga feedback bersa yoki yangilik taklif qilsa buni qabul qilishim qiyin bo‘ladi, chunki men tajribaliman. )
Bu juda xato!
Inson doim qarshisidagi inson fikrini eshitayotganda, o‘zidagi tajribani sumkasiga sob qo‘ygan qolgan tinglashi lozim. Ana o‘shanda nimadir foyda ololadi.
Avvalo bizdagi tajriba to‘g‘ri degani emas!
U xato ham bo‘lishi mumkin, ular shunchaki biz ko‘rgan kechirganlarimiz xalos.
Doim qabul qiluvchi mindsetida bo‘lishimiz avvalo o‘zimiz uchun foydalidir.