Hayot juda oddiy
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
Munosabatga yarasha javob!
Baxtli bo‘lish esa bu tanlov!
Shunchaki siz xotirjamlik va rozilikni tanlang!
Allohga xolis va samimiy bo‘laylik!
Aldamaylik o‘zimizni )
Ko‘p ham natija haqida o‘ylash yaxshi emas, natija Allohdan-ku!
Nimasini o‘ylaysiz uni ? )
Siz sabablari go‘zal suratda amalga oshiring, bo‘ldi.
Namozga nisbatan ham samimiy bo‘laylik. Tahoratga ketsa 5 daqiqa, namozga ham shu atrofidan vaqt ketadi.
Ibodat osonligini aslida barchamiz bilamiz, fitratdan!
Dunyoqarash o‘ta muhim!
Tor fikrli inson bo‘lish bu fojia!
O‘qing, o‘rganing va doim o‘zingizni rivojlantiring.
Siz bilan suhbat qurgan inson maza qilsin! Yana suhbat qurish uchun reja qilsin.
Axloqingiz go‘zal bo‘lsin!
Chiroyli muomala uchun pul to‘lash shart emas-ku, tekin bo‘lsa!
Inson bir kun o‘zi o‘ladi uni o‘ldirish shart emas!
Yomonlik qilmang!
Yaxshilik qoladigan bu 3 kunlik dunyoda yomonlik qilishning o‘zi g‘alati axir. )
Siz haqingizda yomon gapirishyaptimi, siz yaxshi gapirib qo‘yavering. Kun kelib u ham o‘zgaradi.
Xullas, hech nima qilmaydi!
Yurakni kengroq qiling!
Kichik narsalar bilan o‘ralashavermang maslahatim.
Va hech qachon dunyo matohini deb bir inson qalbiga ozor bermang!
Samimiy bo‘ling, barcha ishga va barcha insonlarga!