Hech nima qilmaydi
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
So‘ngi kunlarda takrorlayotgan jumlam: "Hech nima qilmaydi"
Yuqorida aytib o‘tganim, ba’zida insonlar bizga o‘zlari bilmagan holda zarar berib qo‘yadilar. Aslida ular buni ataylab qilmaydilar.
Shu sabab bu ishlarga fokus qaratib, g‘azab qilishimiz umuman kerak emas.
Shunchaki shu ish bo‘lishi kerak ekan, bo‘ldi.
Ko‘ngilni keng qilib, mehrni yo‘qotmaylik muhimi. )
Kimdir oyog‘ingizni bosib oldimi? Artib yuborsangiz ketadi.
Kimdir sizga turtilib ketdimi? Og‘riq 1 daqiqadan keyin tugaydi.
Kimdir ustingizga nimadir to‘kib yubordimi? 5 daqiqada qurib qoladi.
Ya’ni hayotingizni murakkablashtirmang!
Hayot aslida juda oddiy va go‘zal.
Ishonavering, hech nima qilmaydi!