Muhim
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
Kitob o‘qish muhim emas, qanday va qanaqa kitoblarni o‘qish muhim.
English tili kursiga borayotganingiz muhim emas, kuniga necha soat bu til uchun vaqt ajratayotganingiz muhim.
Pul topish muhim emas, qanday pul topish muhim.
Do‘st orttirish muhim emas, qanday insonlar bilan do‘stlashayotganingiz muhim.
Ish topish muhim emas, sizga qanday tajriba va o‘sish beradigan ish topganingiz muhim.
Oila qurish muhim emas, qanday munosabatlar asosida va kim bilan oila qurayotganingiz muhim.
Gapirish muhim emas, qanday fikr aytayotganingiz va kimga qanday ta’sir qilayotgani muhim.
Vaqt o‘tkazish muhim emas, vaqtni qanday va kimlar bilan o‘tkazayotganingiz muhim.
Yozish muhim emas, yozganlaringiz qalblarga qanday ta’sir qilayotgani muhim.
Ko‘p narsa qilish muhim emas, aynan siz uchun to‘g‘ri bo‘lgan ishni qilish muhim.
Bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.
Xulosa: harakatning o‘zi emas, niyat va uslub muhim.