Men bakalavrda o‘qimaganman
5 daqiqa o'qish3 ko'rish
Muvaffaqiyatga erishishning turli yo‘llari mavjud. Kimdir bu uchun universitetni o‘ta muhim omil deb biladi, yana boshqa birov bu 4 yil umrni uvol qilish deydi.
Keling shu mavzuga chuquroq kirsak. Chunki men o‘zim universitetda o‘qishni tanlamaganman. 2020-yil karantin payti, biz esa kollejni tamomlayotgan paytimiz edi. Barcha o‘zbek yigitlarining oldida 2ta yo‘l turadi odatda bu payt:
- Universitet
- Armiya
Universitetga kira olmaganlar "imtiyoz" olib kelish uchun armiyaga ketishar edi. Men na unisini na bunisini tanladim. Men uchaman dedim. )
Keling Universitet hamda armiyaning maqsadlari, umumiy mohiyati haqida gaplashib o‘tamiz. Universitet: Birinchi navbatda bu ta’limning davomi, kollej va litseylarni tamomlaganlar boradigan dargoh.
Nima uchun boriladi?
- Ustoz
- Ilm
- Netvorking
Ustozlar odatda universitetda bo‘ladi, ilm darajasi ham ancha yuqori. Lekin faqat universitetda emas. Ilm manapoliya emas alhamdulillah, uni har yerda topsa bo‘ladi. Faqat tartib bilan olinishi kerak bo‘ladi. Netvorking esa bu sizdagi ko‘nikmalarga oid menimcha. Eng zo‘r universitetda bo‘lsangiz-u lekin sizdagi insonlar bilan muloqot qilish, muomala madaniyati bo‘lmasa hech qandan tanish orttira olmaysiz. Menda yuqoridagi 3 narsani jamlay oldim, xo‘sh qanday ?
- Men universitet o‘rniga IT akademiyani tanladim. Zamonga hamnafas holatda.
- U yerda ustozlar orttirdim.
- Ilmga bo‘lgan rag‘batimni oshirdim.
- Zamonaviy kasb tanlaganim uchun YouTube’ga ko‘p ishim tushar edi shu sabab YouTube’ni o‘zim uchun kashf qildim va u yerda juda katta miqdordagi ilmlarni qo‘lga kiritdim.
- Akademiyaga hamma bir maqsaddagi va salohiyatdagii bolalar yig‘ilishgan edi.
- Chirchiqdan Toshkentga akademiyada ta’lim olish uchun kun orqa qatnar edim va bu eng to‘g‘ri qarorim bo‘lgan.
- Mendagi extrovertlik tanishlar orttirishimda katta hissa qo‘shgan.
- Eski do‘stlarimdan qisman uzoqlashdim. Ya’ni muhitni yangiladim.
Agar shularni qila olsangiz sizga Unuversitet kerak emas.
Endi, bu meni keysim, sizniki emas.
Balki siz uchun Ustoz topish faqat universitet orqali bo‘lar. Haqiqatdan ham Ustoz topish oson ish emas. Balki sizda shu kunga qadar sinf xonasida o‘qiganingiz uchun qolgan ilmni ham shu tarzda olishingiz kerakdir. Balki aynan shu universitet sizga do‘st orttirishingizga sabab bo‘lar.
Balki sizning ota-onangiz bakalavrga kirishingizga oyoq tirab turib olishgandir.
Keling shu mavzuga ham to‘xtalamiz.
Ota-onalarimiz uchun oliy ma’lumotli bo‘lishimiz o‘ta muhim, chunki ularning davrda bu haqiqatdan muhim bo‘lgan.
Endi agar siz ulardagi mindset birdaniga o‘zgarib qoladi deb o‘ylasangiz adashasiz. Bunga katta mehnat zarur. Meni o‘zimga ham yaqin-yaqingacha uydagilar hech bo‘lmasa zauchniy topshirib qo‘y deyishar edi. )
Ularning mindseti sizning gaplaringiz bilan hech qachon o‘zgarmaydi chunki siz hech kimsiz. Shunchaki hali yo‘lini topib ulgurmagan bir bola. Bu holatda sizga aftoritetlar yordamga keladi. Ular kim deysizmi? Amaki, tog‘a, amma, xola. Yoki yana boshqa birovlar bo‘lishi mumkin.
Ular orqali siz o‘z rejalaringizni amalga oshirishingzi mumkin.
Tan olishimiz kerak universitetdagi ilmlar ancha eskirgan. Qolaversa 4 yil bu juda katta muddat menimcha, ayniqsa hozirgi tezkor, bugungi ilm ertangiz ilmga mos kelmayotgan payti.
Ha aytgancha, armiya qolib ketibdi-ku )
Men armiyaga bormaganman. 1 oylik uchun to‘lov qilib, bormaslikni gaplashib qo‘yganman. Chunki aynan bu masala bo‘yicha rahbar meni o‘quvchimning otasi. )
Mana netvorking nima uchun kerak. )
Xullas, armiya bu insonda tartib, intizom va erkaklikni shakllantiradigan bir muhit.
Ertalab uyg‘on va soqolingni ol. )
Nima uchun men bormadim?
- Men intizomdan ko‘ra mohiyatni ustun ko‘raman, qilmoqchi bo‘lgan ishingizni aynan nima uchun qilayotganingizni anglasangizgina unda bardavom bo‘la olasiz.
- Inson ertalab erta uyg‘onishni o‘zida odatga aylantirishi qiyin emas, bu uchun armiya ham shart emas.
- Men sport bilan shug‘ullanaman.
- Erkaklikni faqat armiya shakllantirmaydi.
- Ibodatlarga ruxsat yo‘q.
- Muhit insonga katta ta’sir qiladi. (so‘kinish ayniqsa).
- Ilm ko‘tarilgan joy.
Shu sabablar meni olib qolgan.
Vatanga xizmatdan hech qachon qochmaganman, bundan keyin ham qochmayman. Agar Vatan uchun jon berish kerak bo‘lsa beraman.
Har bir inson Vatan uchun turli xizmat qiladi. Har kim o‘zining holati va yo‘nalishi orqali.
Kimdir chegarada turib yana kimdir ta’lim berib.
Har kimning o‘z "badri" bor. )
Keling edi 3ta narsa haqida gaplashamiz:
- Universitetga kirishdan avval
- Kirib qo‘ygandan so‘ng
- Bitirgandan so‘ng
Kirishdan avval yaxshilab o‘ylash va tahlil qilish lozim.
4 yillik umringizni beradigan joyni 4 oy tanlashingiz bu juda normaldir.
Qaysi yo‘nalishni tanlashingiz ham muhim.
- qaysi yo‘nalish ?
- nima uchun aynan shu yo‘nalish ?
- sizga qanchalik mos tushadi bu ?
- bu yo‘nalish eskirib qolmadimi ?
- siz bitirguncha eskirib qolmaydimi ?
- bu yo‘nalishni aynan 4 yil o‘qish shartmi ?
- qayerda va kim bo‘lib ishlaysiz tomomlagandan so‘ng ?
- shigirdlik yoki kichik kurslar orqali o‘rganib qo‘ysangiz bo‘lmaydimi ?
Xullas o‘zingizga berishingiz kerak bo‘lgan savollar serob.
Qaysi universitetga kirayotgan bo‘lsangiz, u yerda avvaldan o‘qiydigan tanishingizni toping va maslahatlashing.
Tanlayotgan kasbingiz, yo‘nalishingizda ham xuddi shunday qiling.
Endi agar siz universitetga kirib bo‘lgan bo‘lsangiz nimalar qilishingiz kerak:
- Ustozlardan maksimal bilimni oling
- Universitetda maksimal tanishlar orttiring
- Faqat o‘zingizni emas balki boshqa yo‘nalishdagi talabalar bilan tanishing
- Yo‘nalishingiz bo‘yicha ko‘proq qo‘shimga bilimlar oling
- Yo‘nalishingiz bo‘yicha amaliyot boshlang, ishlang
- Yangi ko‘nikmalarni shakllantiring
- Ingliz tilini o‘rganing
Universitetni tamomlab ham ish topa olmayotganlarining deyarli barchasi bu ishlarni qilmagan bo‘lib chiqadi ko‘pincha.
Shunchaki 4 yil vaqtni ketkazib chiqqaningiz uchun hech kim sizga ish berib qo‘ymaydi.
Va odatda birinchi ishingizni topishingizda albatta o‘sha orttirgan tanishlaringiz yordam berishadi. Xo‘p endi siz universitetni tamomladingiz, nima qilish kerak:
Birinchi navbatda o‘zingizni tahlil qiling, aynan sizdagi kamchiliklar borasida.
Qanday deysizmi, juda oddiy: O‘zingizning yo‘nalishdagi ish e’lonlarini toping va u yerda talablarni ko‘zdan kechiring. Qaysi talablarga javob bermaysiz, o‘sha qismlarni rivojlantiring.
Zotan 1-kursning o‘zida bu ishni qilishingiz kerak edi.
Qoida: Inson shaxs sifatida rivojlanmasa kasbiy jihatlama rivojlanishi juda qiyin bo‘ladi. Shu sabab nima jarayonda bo‘lishingizdan qat’iy nazar doim o‘zingizni rivojlantiring.
Men Najot Ta’limdagi faoliyatim rivojlanishimga katta sabab bo‘lgan. Shu sabab siz ham rivojlantiruvchi bir joy, faoliyat toping.
Yana bir tavsiyam: Ingliz tilini o‘rganib shu til bo‘yicha dars berib ko‘ring. Aniq ayta olaman bu faoliyat sizni umuman boshqa insonga aylantirib, sizni boshqa darajaga olib chiqadi.