Voz kechish yoki kechmaslik
3 daqiqa o'qish1 ko'rish
Inson hayoti davomida turli qarorlar qabul qilishiga to'g'ri keladi. Bu qarorlar ichida ko'p takrorlanadigani biror nimadan voz kechish yoki kechmaslik ham bo'ladi.
Aynan qachon va qay tarzda voz kechich to'g'ri bo'ladi yoki nimalardan umuman voz kechmaslik kerak degan savol tabiiy har birimizda tug'uladi.
2021-yil, dasturlash bo'yicha akademiyani tugatdim. Amaliyotni davom ettirayotgan edim. Miyamda bir savol aylanar edi: Bu soha men uchunmi o'zi?
- 18 mln so'm
- 1 yil umr
- Eng trenddagi soha
- Bakalavrni emas aynan shu akademiyada o'qishni tanlaganim
Shuncha sabab meni voz kechmaslikka undar edi. Nima bo'lgan taqdirda ham ota-onam bergan ishonchni oqlab shu yo'nalish bo'yicha muvaffaqiyatga erishishim kerak deb davom etaganman.
Davom etayotganimdagi har bir kunim mening zararimga ishlayotganini his qilib borar edim.
Ba'zan hech nimaga qaramasdan voz kechish eng to'g'ri qaror bo'lar ekan. Dasturlashdan kechishim ham aynan shunaqa qaror bo'lgan deb ayta olaman.
Bu yerda muhim nuqta bor:
Men 1 yil o'qib, 6 oy amaliyot qilib keyin bu soha menga emasligini tushunib yetib voz kechdim.
Bu holat dasturlashning avvalidagi qiyinchiliklar bilan bir xil emas!
Har qanday sohaga kirilganida, kamida 6 oy yoki 1 yil inson qiyinchilikda bo'ladi balki undan ham ko'p. Bu tabiiy jarayon. Aynan bu holat sizni nimadirdan voz kechishingiz uchun sabab bo'la olmaydi. Bu holatdagi qiyinchilikni sabr bilan yengib o'tish kerak boladi, ana o'shanda ham o'xshamasa boshqa gap.
Voz kechishdan avval albatta tahlil qilish zarur. Men aynan o'zimdagi ko'nikmalarni (skills) tahlil qilib, dasturlash uchun qanchalik mos yoki mos emasligimni xulosa qilganman. Nimadirga asoslangan, tayangan holda voz kechish lozim menimcha.
Inson bir yo'nalishda muntazamlik bilan ilm olib, amaliyot qilsa Alloh o'sha yo'nalishda ham muvaffaqiyat beraveradi. Bu dunyo sabablar olamiz.
Lekin siz hard work orqali bunga erishasiz. Agar bu siz uchun qulay bolsa o'zingiz bilasiz.
Masalan men ham agar vos kechmasdan hard work qilib dasturlashdan ketganimda hozir tajribali dasturchi bo'lgan bo'lar edim. Lekin men hard work qilishni emas balki qabiliyatlarim ortidan ketishni, ularni kashf qilishni afzal ko'rdim.
Buyog'i har kimning o'z tanlovidir.
Bu kasb tanlashga oid bir case edi.
Keling endi munosabatlardagi voz kechish va kechmaslik haqida gaplashsak.
Inson umri davomida ko'plab insonlarda voz kechishiga to'g'ri keladi va bu tabiiy.
Ba'zi voz kechishlar bu shunchaki uzoqlashish bo'ladi.
Ayniqsa yigitlar hayotida bu holat ko'p bo'ladi. Yigitlarning do'stlashishi yoki tanish orttirishi tez va oson bo'ladi odatda. Bu tanishuvlar ichida to'g'risi ham xatosi ham bo'ladi.
Maktabda biz istamagan holda kamida 15ta bola bilan sinfdoshga aylanamiz. Kollej va universitetda ham shunaqa.
Ularning barchasi ham to'g'ri insonlar bo'laverishmaydi. Ya'ni qadriyat, dunyoqarash va maqsadlar borasida. Bu payt biz ko'plab insonlardan voz kechamiz.
Bir do'stimiz bo'ladi, u bilan vaqt o'tkazish gunoh ishlarga qo'l urib qolishimizga sabab boladi. Albatta bu holatda nasihat, o'rnak bo'linadi lekin vaqti kelib voz kechiladi. Chirigan olma savatdagi qolgan olmalani ham chiritadi.
Yaqinda Aziz aka Rahimovning bir podkastdagi fikrlarini eshitgan edim. Rahimov schooldan o'tgan yili 20+ o'quvchilarni haydashgani ya'ni voz kechishgani haqida aytib berdilar. Bu ham bir misol. Maktab o'ziga mos kelmagan bolalardan voz kechdi.
Lekin doim ham bu narsalar to'g'ri kelmagan inson bilan musobatlar to'xtatilavermaydi. Masalan har birimizning mahallamizda ya'ni qo'shnilarimiz orasida yoki qarimdoshlarimiz orasida biz bilan bir xil fikrlamaydiganlari ham bo'ladi bu tabiiy. Ba'zi insonlarning tabiati bizniki bilan mos tushmaydi. Shu sabab ulardan voz kechish ahmoqlikning o'zginasi.
Dinimiz ham silai-rahimni uzishdan qaytargan va silai-rahimga baraka borligini bod-bod takidlagan.
Kecha ingliz tilidan dars berganimdagi bir o'quvchim bilan korishib qoldim. Suhbatlashish davomida ingliz tilini insonlar nima uchun o'rgan olmasligi haqida bir fikr aytdim:
Insonlarning ingliz tilini organa olmasligini asosiy sababi ularning ingliz tilidan voz kechganligi, ya'ni to'xtatib qo'yishgani.
Ha, haqiqatdan ham ilm olishda muntazamlik ya'ni voz kechmaslik o'ta muhim hisoblanadi.