Kimni tanlash kerak?
2 daqiqa o'qish1 ko'rish
Kimni tanlash kerak ?
Bo‘lajak turmush o‘rtoqni qanday tanlash lozim?, deb ko‘p yigitlar so‘rashadi.
Kelinglar shu savolga yana bir bor kengroq javob berishga harakat qilaman.
Qizlar uchun ham manfaatli bo‘ladi deb o‘ylayman.
Unda qaysi jihatlar topilishi kerak?
- Ahloq
Barchasidan avval ahloq keladi. Uy, mahalla, ko‘cha, ish, o‘qish, aynan u insonlar bilan muloqotga kirishadigan joylarda o‘zini qanday tutishi juda muhim.
Qizlarga: Siz haqingizdagi xulosalar aynan yuqorida sanab o‘tgan joylardan olinadi odatda. Shu sabab o‘zingizmi qanday tutishni o‘rganing, bu avvalo oiladan boshlanadi.
- Ilm
"Ilmli qizni olaman", degan gaplarni eshitib qolamiz. Keling avval ilmli qiz o‘zi qanaqa bo‘lishini ko‘rib chiqsak.
Ilmli qiz tushunchasi juda sodda aslida lekin uni insonlar juda murakkablashtirib yuborishgan.
U ilmli bo‘lishi uchun qandaydir ilmiy daraja sohibasi bo‘lishi, oyiga 30ta kitob mutolaa qilishi yoki telegram kanaliga har kuni katta-katta postlar yozishi shart emas!
Aslida:
- fundamental diniy bilimlarga egaligi;
- kunlik mutolaasi borligi;
- olayotgan ilmi amallarida ko‘rinayotgani, ya’ni ahloqi go’zallashayotgani;
- oila ilmlaridan o‘rganishi:
Ilmli qiz degani faqat Diniy oliygohda o‘qidigan qiz degani emas.
Hazratimizning barcha kitoblarini o‘qib turgatgan qizlar bor lekin ular umuman boshqa yo‘nalishlarda ta’lim olishadi.
Qizlarga: Ishoning sizga eng yarashib turuvchi narsa bu ilm.
Kitoblarni seving!
Har kuni ilm oling!
- Yaxshi muhitga ega oiladan ekanligi
Oiladagi muhit barchasini belgilab beradi. U yerdagi muomila-munosabatlar.
"Onasini ko‘rib qizini ol"
Chunki u esini taniganidan beri onasi otasiga qilgan muomilasini ko‘rib katta bo‘lgan.
U oilaning mahalladagi o‘rni, qo‘shnilar bilan munosabati.
Qanday nasil-nasabdan ekanligi. Ota-bobolari nima ish qilishgan, kimlar bo‘lishgani ham o‘ta muhim.
Qizlarga: To‘g‘ri doim ham oiladagi muhit yaxshi bo‘lavermaydi.
Agar inson o‘rmonda bo‘lsa hayvon bo‘lishi shart emas!
Lekin afsuski o‘rmonda faqat hayvonlar bor deb o‘ylaymiz..(
Juda afzal edi agar:
Agar u oliy ma’lumotli bo‘lsa.
Gap diplomda emas balki dunyoqarash kengayishi hamda komunikatsiya rivojlanishida.
Agar u English tilini bilsa.
Gap tilda ham emas shunchaki til o‘rganish davomidagi unda shakillangan intizon, o‘rganishni o‘rgangani va dunyoqarash kengayganida.
English tili biladiganlar bir marotaba bo‘lsa ham ustozlik qilib ko‘rishgan bo‘ladi bu ham juda zo‘r. )
Agar u arab tilini bilsa.
Har kuni Qur’on o‘qishni avval yigitlar qoyil qilib keyin qoriyasini so‘rashlari kerak menimcha.
Arab tilida o‘qiy olsa hamda kimdirga o‘rgata olsa.
Agar u oila ilmlaridan o‘rganayotgan bo‘lsa.
Hech bo‘lmaganida Bahtiyor oilani o‘qib tugatgan bo‘lsa. )
Agar u farzand tarbiyasini o‘rganishni boshlagan bo‘lsa.
Bu o‘ta muhim!
Bolani ona tarbiya qiladi.
Xullas bu haqida soatlab gapirsa bo‘ladi.
Qisqa qilib aytganda shu.
Yigitlar avvalo shu talablarni qo‘yishdan avval o‘zimiz ham bir yaxshi shaxsiyat bo‘laylik.
Qizlar uchun ham qisqa tavsiya tanlov qilish uchun:
- Shu kunga qadar nimaga erishgan? (Mustaqil)
- Hozir nima bilan band?
- Kelajak maqsadlari bormi?
- Yaqin 4ta do‘sti kim va ular nima bilan shug‘ullanishadi?
- Oila, o‘qish, ish yoki mahallada o‘z o‘rniga egami ?
- Qo‘lida hunari yoki kasbi bormi?
- Kimlarning gaplarini oladi, ya’ni kim u uchun fikr beruvchi?
Eslatma: Odatda yigitlar 30+ yoshda sitabilroq hayotga o‘tishadi.
Unga qadar ko‘p qiyinchilik, mashaqqatlar bo‘ladi va bu tabiiy.
Sizni otangizda ham 25 yoshigacha taniyinli ishi yoki mashinasi bo‘lmagan, agar uydagilari yordam qilmagan bo‘lsa albatta. )
Alloh barchamizga oilaviy baxt bersin!