Televizor, yoshlik va yoshlar
2 daqiqa o'qish0 ko'rish
Avvallari televizorda tanlov deyarli bo‘lmas edi. Telekanallar soni kam, ko‘rsatuvlar ham juda ko‘p emas edi. Takrorlanish ustiga takrorlanish edi.
Shu paytlarni tahlil qilsam, meni dunyoqarashimni kengayishiga aynan televizordagi ko‘rsatuvlar sabab bo‘lgan ekan.
Esimda bor O‘zbekiston kanalida "Zakovat" ko‘rsatuvi bo‘lar edi. Akam bilan birga xuddi biz ham jamoa a’zosidek savollarga javob izlar edik. )
Bu ko‘rsatuv juda foydali edi. U yerdagi zakovatchilardagi ilmga havas qilar edim. Keyinchalik ulardan olingan yakka intervyularni ko‘rib haqiqatdan ham ular ilmli ekanliklariga yana bir bor amin bo‘ldim va havasim ortdi. )
Sizlarga ham tavsiya qilaman bu intervyularni ko‘rishni. Havola
"Bu qanday yasalgan" nomli ko‘rsatuv ham bo‘lar edi, qaysi kanalda ekanligini eslay olmadim.
Juda maroq bilan ko‘rar edim o‘ziyam. Kunlik ishlatadigan buyumlarimizni qanday yasalganligi, bizga kelgunicha qanday jarayonlardan o‘tishi haqida o‘rgangan edim.
Keyinchalik Dunyo bo‘ylab kanali. O‘zim geografiyaga maktab davridan qiziqishim katta. Qaysi davlat qaysi materikda, poytaxti nima xullas ancha ma’lumotlarga egaman deb qo‘rqmasdan ayta olaman. )
Bu kanal men bob bo‘lgan desam adashmayman. Ayniqsa tabiat va hayvonot olami haqida kitoblar orqali ham olib bo‘lmaydigan kichik qismlargacha bilimlar to‘plaganman.
Ha, haqiqatdan ham vizual tushuntirish ancha oson hamda hazmi yengil.
Ba’zan imkoniyatlar, ba’zi imkoniyatlarimizdan foydalanishimizda to‘sadi.
Hozirgi yoshlardagi tanlov imkoniyati juda juda juda keng!
Bu narsani biz aqlimizga sig‘dira olmaganmiz.
Televizorda nima ko‘rishni tanlash bu biz uchun vau narsada haqiqatdan. )
Biz televizorga moslashar edik, soat nechida deb e’lon qilinsa o‘sha payti shay turar edik. )
Tanlov ko‘pligi noto‘g‘ri tanlov qilish xatarini orttiradi tabiiy.
Yoshlar shuni tushunishi lozim:
O‘zingiz doim ham o‘zingiz uchun eng yaxshi tanlov qiluvchi inson emassiz!
Ba’zan yoki ko‘pincha ota-onangiz tanlovi siz uchun ko‘proq to‘g‘ri bo‘ladi. Buni qabul qilish lozim.
Men eslayman, uyda televizorni o‘chirib qo‘yib Onam dars qildirar edilar. Shu ish sabab ham hozirgi holatdaman deb o‘ylayman.
Ota-onalar farzandlariga cheklov qo‘yishi bu normal. Yaxshi ham aslida.
Yosh bola nimalar xohlamaydi deysiz…
Shu sabab ham Ota-onalarimiz farzandlarimiz uchun eng yaxshi tarbiyachilar deb qolaman ba’zida…