Maqsad, tizim va odat
2 daqiqa o'qish0 ko'rish
Maqsad qo’yish bo’yicha izlangan edim. Sizlarga ham ulashishni istadim.
Maqsad.
Muvaffaqiyatga erishgan insonlarning deyarli barchasi maqsad qo‘yib, unga intilish jarayonini bosib o‘tishgan.
Ular avvaligi bu maqsad qo‘yish jarayonini keraksiz, natijani biz boshqara olmaymiz degan fikrda bo‘lishdan. Lekin rivojlanganlari sari maqsad qo‘yish xuddi kompas orqali harakatlanishga o‘xshashligini anglab yetishgan.
Maqsad qo‘yishning o‘zi yetarli emas, bizga yaxshi bir tizim ham kerak bo‘ladi albatta.
Tizim deganda maqsadga erishish yo‘lidagi jarayon, bizdagi shakillantirgan odatlarimiz - bu tizimdir.
Tizimning hammaga yoqadigan bir jihati bor. Lekin buni hamma ham bilmaydi.
Tizim - insonda motivatsiya hamda iroda kuchiga bog‘liqlikni kamaytiradi.
Ya’ni bir natijaga erishish uchun sizga motivatsiya kerak bo’lmaydi.
Keling buni kengroq tushintirishga harakat qilaman:
Aytishingiz mumkin, hammasini tizimlashtirsak iroda kuchi va motivatsiyani qayerda ishlatamiz deb. Savol o‘rinli. Biz bu ikkisini ham tabiiy ravishda ishlatganimiz yaxshi.
To‘g‘ri tizim bizdagi bu ikkisini kamroq ishlatishimizga sabab bo‘ladi lekin tizim qurib olgunimizcha bo‘ladigan jarayondachi?
Tizim qurish oson ish emas.
Bu jarayonda bizga albatta motivatsiya va iroda kuchi kerak bo‘ladi. Har bir yo‘nalishni tizimga solgunimizcha biz yetarlicha bu ikkisini ishlatamiz, havotir olmang.
Tizim - bu odat.
Sodda misol:
Deylik bizda; ishga kech qolmaslik degan bir maqsadimiz bor. 1 oy davomida umuman kech qolmaslikni maqsad qildik.
Endi bu maqsadga erishishni tizimlashtirish, aynan shu maqsadga oid odat shakillantirshdir.
Masalan: erta uyg‘onish odati.
Bu odat bizni yuqoridagi maqsadimizga o‘zi olib boradi.
Biz e’tiborimizni aynan kech qolaslikka emas balki shunchaki erta tushishga qaratsak bo‘lgani.
O‘zi maqsad qo‘yishning asosiy mohiyati unga erishishda ham emas aslida.
Ayni mohiyat esa:
Maqsadga erishish jarayonida bizdagi;
- rivojlanish
- o‘zgarishlar
- odatlar shakillanishi
- shaxsiyat va xarakater barpo bo‘lishi
- dunyoqarashni kengayishi
- …
Sanasak juda ko‘p.
Aynan yuqorida sanab o‘tilgan narsalar biz maqsadga erishib olgan natijamiz-u, mukofotimizdan afzalroq.
Davom etamiz. )
Miyada maqsadlarga intilishni boshqaradigan asosiy neyron zanjir mavjud bo‘lib, u to‘rtta asosiy hududni o‘z ichiga oladi:
- xavotir
- harakat
- rejalashtirish
- hissiyot
Va dopamin ham bu zanjir ichida.
Dopamin - bu motivatsiya va intilishning umumiy valyutasi hisoblanadi.
Endi bu yerdagi bir muhim nuqtaga ahamiyat bersak.
Yuqoridagi zanjir aynan "xavotir" bilan boshlanyapti. Demak bizni harakatga undaydigan narsa bu xavotir.
Maqsadga intilish uchun muvaffaqiyatsizlikni oldindan tasavvur qilish (foreshadowing failure) yakuniy g‘alabani vizuallashtirishdan ko‘ra samaraliroq.
Muvaffaqiyatsizlikni tasavvur qilish miyaning xavotir markazini (amigdala) faollashtirib, harakatga tayyorlikni (sistolik qon bosimi orqali) oshiradi, bu esa maqsadga intilish ehtimolini deyarli ikki barobar oshiradi.
Katta yutuqni vizuallashtirish tanani bo‘shashtiradi va motivatsiyani kamaytiradi (sistolik qon bosimi pasayadi).
Miya salbiy narsalardan qochishga moyil bo‘lgani sababli, muvaffaqiyatsizlikdan qochishga e’tibor qaratish harakatga ko‘proq turtki beradi.