Solishtirish
2 daqiqa o'qish0 ko'rish
Eng noto‘g‘ri ishlardan biri shu men uchun. Chunki bu jarayon kamdan-kam adolatli bo‘ladi.
Yoshligimizda "qo‘shnining bolasi", degan bir bola bo‘lgan, eslaysiz-a? )
Mana shu ham bir misol.
- Qara, qo‘shnining bolasi qanday o‘qiyapti
- Qara, u qanday odobli
- Qara, u allaqachon buni qila olyapti
O‘z farzandini boshqalar bilan solishtirish eng ko‘p uchraydigan holatlardan.
Bu solishtirishdagi mezonlar esa noto‘g‘ri.
Bir yoshda, bir sinfda yoki shunchaki bir mahallada ekanligini o‘zi bu solishtirish uchun yetadi. Xatto yoshi katta bo‘lsa ham.
Lekin shularning o‘zi solishtirish uchun yetmaydi-da.
Bulardan tashqari:
- gen
- oilaviy muhit
- atrof-muhit
- bolaning tabiati
Aynan shu to‘rt jihat bir xil bo‘lsagina solishtirsa bo‘ladi menimcha.
Farzandlarni o‘z tengdoshlari bilan solishtirgandan ko‘ra unga tarixdan misollar keltirish lozim. Shunda:
- tarixni o‘rganadi
- ota-bobolarimiz qanday inson bo‘lishgani haqida tasavvur uyg‘onadi
- havas qilishga arziydigan insonlarni o‘zimiz tanlab beramiz
- "men undan yomonman" emas, "men ham shunday inson bo‘la olamanmi?" deb o‘ylay boshlaydi
Tengdoshlariga solishtirsangiz ularga nisbatan nafratni uyg‘otib qo‘yasiz.
Yoshlar orasida yana bir noto‘g‘ri solishtirish mavjud. Bu tana qurish borasida.
Ikki do‘st sport zalga chiqishni boshlaydi. 1-2 oydan keyin biri ikkinchisiga qarasa unda natijalar zo‘r. O‘zida esa hali hech qanday o‘zgarish yo‘q.
Yoki zaldagi (3 yildan beri) shug‘ullanayotgan yigitni ko‘rib o‘zini solishtiradi.
Buni ilmsizlik deb bilaman.
Inson solishtirishdan oldin o‘zining va boshqalarning tana tuzilish turini bilib olish lozim.
Inson tanasi 3 turga bo‘linadi:
- Ektomorf
- tana ingichkaroq
- yelka va sonlar nisbatan tor
- qo‘l-oyoqlar uzunroq
- vazn olish qiyinroq
- mushak massasini oshirish uchun ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi
- Mezomorf
- yelkalar kengroq
- mushaklar tezroq rivojlanadi
- tana proporsional va atletik ko‘rinadi
- kuch va mushak massasini oshirish nisbatan osonroq
- Endomorf
- tana yumaloqroq
- yog‘ to‘planishiga moyillik yuqoriroq
- vazn olish osonroq
- mushak massasi ham yaxshi rivojlanishi mumkin
Aynan qaysi turga kirishingizga qarab sizdagi jarayonni baholash mumkin.
Solishtirishda ham aynan o‘z tana turingizdagi inson bilan solishtirish to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin bu tana turining bir xil bo‘lishi ham solishtirish uchun yetarli emas. Bundan tashqari:
- mashg‘ulotlar
- tiklanish
- taomlanish
bular ham muhim faktorlar.
Solishtirish faqat minusga ishlaydigan jarayon desak ham adashgan bo‘laman. Chunki aynan shu solishtirish insoning rivojlanishi uchun ham xizmat qiladi.
Faqat solishtirish to‘g‘ri me’zonlar asosida bo‘lishi lozim.
Yana bir muhim jihat, jarayonni o‘zini emas balki uslublarni solishtirsak afzal menincha.
Kimdir sizdan ko‘ra tezroq til o‘rganayotgani undagi uslub sabab bo‘lishi ham mumkin.
Yoki sheringingiz sizdan ko‘ra tezroq muskul olishi ham.
Inson o‘zini va o‘zgalarni tanishi muhim.
Bu ilm o‘zimizga va boshqalarga qiladigan munosabatimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.