Murakkab foiz
1 daqiqa o'qish2 ko'rish
Murakkab foiz nima?
Tasavvur qiling, sizda 100 000 so‘m pul bor.
Har yili 10% daromad olasiz.
1-yil: 100 000 → 110 000 2-yil: 110 000 → 121 000 3-yil: 121 000 → 133 100
Nega?
Chunki birinchi yildagi 10 000 so‘m daromad ham pulingizga qo‘shilib, keyingi yili yana daromad keltiradi.
Ya’ni:
Pul → daromad → ko‘proq pul → yana daromad.
Xuddi shu prinsip intellektual rivojlanishda ham ishlaydi.
Masalan, siz bugun Opportunity Costni o‘rgandingiz.
Keyin psixologiyadan nimadir o‘rgandingiz.
Keyin HR bo'yicha yana izlanish qilib ba'zi yangi bilimlar to'pladingiz.
Bu bilimlar alohida-alohida qolmaydi. Ular bir-biri bilan bog‘lanib, sizga ilgari ko‘rmagan narsalarni ko‘rishga, yangi fikrlar uyg'onishiga yordam beradi.
Bilim → bog‘lanish → yangi tushuncha → yana yangi bilim.
Shuning uchun intellektual rivojlanishda gap faqat qancha narsa o‘rganganingizda emas.
Balki o‘rgangan narsalaringizni bir-biriga qanchalik yaxshi bog‘lay olishingizda.
Moliyada murakkab foiz pulni ko‘paytiradi.
Intellektual hayotda esa murakkab foiz fikrlarni ko‘paytiradi.