Bir xil sahifada bo‘lish
1 daqiqa o'qish4 ko'rish
Bir xil sahifada bo‘lish bu ham oila uchun ham ish, do‘stlik, xullas hamma munosabatlar uchun qo‘llanishi kerak bo‘lgan narsa.
Bir xil sahifada bo‘lish degani bir xil fikrda bo‘lish kerak degani emas!
Bir xil jarayonda, bir xil vaqt va kontekstda bo‘lish, lekin har kim o‘z rolini, o‘z qarashini saqlab qolishi demak.
Orkestrni misol qilsak bo‘ladi:
Hamma bir xil sahifaga qaraydi lekin har bir cholg‘u asbobi har xil nota chaladi.
Natijada uyg‘unlik ya’ni garmoniya hosil bo‘ladi.
Demak, uyg‘unlik bu bir xil bo‘lish degani emas, balki farqlarni uyg‘unlashtirish degani.
Odatda biz tez kelishishga harakat qilamiz, bir birimizni to‘liq tushunmay turib kelishuv amalga oshiramiz. Natijada:
- yuzaki kelishuv
- ichki tushunmovchilik
Bu yig‘ilib-yig‘ilib katta muammolarga olib boradi.
Aslida insonlar to‘g‘ri bo‘lish uchun emas balki tushunilish uchun tortishishadi.
Insonlarni o‘zgartishiga emas, balki ularning sahifalarini hurmat qilishga o‘rganaylik.