Almashtiring
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
Shogirdim bilan tushlikka chiqdik. Odatda tushlik uchun bir xil taom olaman, buni har kuni ko‘rgan shogirdim ajablandi.
Yaqin do‘stim ham ko‘p takrorlaydigan gapi: "Men faqat bir xil turdagi kiyimlarni sotib olasan".
To‘g‘ri bu holat bir xillik, manatonlik olib keladi. Lekin men uchun emas!
Men nimani, qachon, qayerda va nimaga o‘zgartirishni yaxshi bilaman.
Ovqat lazzatlanish uchun yeyiladigan narsa emas. Inson ehtiyoji xalos. Bo‘lsa zo‘r, bo‘lmasa hech nima qilmaydi. )
Kiyim-kechak ham menga qandaydir qoniqish olib kelmaydi. Shu sababmi bilmadim anchadan beri bozorga ham tushmadim. Yaqinda oyoq kiyim olishga majbur bo‘ldim. )
Endi tabiiy savol tug‘iladi:
Nimani almashtirib turish kerak?
- Rejalarni
Maqsadlaringizga olib boradigan rejalarni doim qayta ko‘rib chiqing. Hozirgi davrda dushanbani holati, payshanbaga to‘g‘ri kelmayapti.
- Ilm olayotgan mavzularingizni
Hozirgi kunda ko‘p narsalar aktualligini borgan sari yo‘qotyapti.
- Xulosalaringizni
Kerak bo‘lsa har kuni o‘zgartiring. Bir inson haqida yomon xulosadamisiz, demak undan har kuni yaxshilik izlab xulosani o‘zgartishga urining.
- Muhitni
Doim bir xil muhitda bo‘lish, fikrlashni ham qolipga tushirib qo‘yadi. Shu sabab turli davra va muhitlarda bo‘lib turish lozim.
- Yomon odatlarni
Biz insonlar odatlardan tashkil topganmiz. Erta tongda ko‘zimizni ochib to tunda ko‘zimizni yumgunimizcha odatlarimizni bajaramiz. Shu sabab yomon odatlarni yaxshisiga almashtirib turishimiz kerak.
Endi yana bir boshqa savol:
Nimani almashtirmasligimiz lozim ?
- E’tiqodni
Aqidamiz doim bir tushunchada bo‘lishi lozim.
- Qadriyatlarimizni
Bizni inson qilib turadigan narsa ham bu qadriyatlarimizdir.
- Shaxsiyatimiz
Fikrlarimiz, his-tuyg‘ularimiz va o‘ziga xos uslublarimizni almashtirmasligimiz lozim.
- Maqsadlarimiz
Rejani o‘zgartirish normal, lekin maqsadni o‘zgartirishni yaxshilab o‘ylab ko‘rishimiz kerak.
- Oila
Hech qachon oilamizni hech nimaga almashib bo‘lmaydi. Inson hayotiga mazmun beruvchi narsa ham bu oila.