Muhimi xarakter
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
Kecha shogirdim bilan turmush o‘rtoq tanlash borasida suhbatlashib qoldik. Mendagi fikr quyidagicha edi:
Har bir mo‘min yigit bo‘lajak jufti halolini quyidagi 4 jihatga asoslanib tanlamog‘i lozim:
- Dini
- Chiroyi
- Nasl-nasab
- Boyligi
Albatta asosiy o‘lchov bu dini!
Mendagi formula qanaqa:
Din bu axloq.
Ya’ni insonning axloqi uning dinini ko‘rsatib beradi.
Axloq bu insondagi xatti-harakatlar.
Ya’ni insonning o‘zini tutishi, gap so‘zlari va munosabati uning axloqini ko‘rsatadi.
Xatti-harakatlar esa bu xarakter.
Inson qiladigan deyarli barcha xatti-harakatlar odatda uning xarakteriga asoslangan holatda bo‘ladi.
Din > axloq > xatti-harakat > xarakter
Demak: Xarakter muhim!
Xulosa: juft tanlayotganda uning xarakteriga juda katta ahamiyat berish lozim.
Xarakter — bu insonning ichki fazilatlari va odatga aylangan xatti-harakatlarining yig‘indisidir.
Masalan: Sabrlilik, halollik, qat’iyat, mehribonlik - xarakter sifatlari. Bu sifatlar doimiy bo‘lsa bu xarakterga aylangan bo‘ladi.