Kuyovbola o‘ylari…
1 daqiqa o'qish2 ko'rish
Qaysi rangdagi kostyum olay ekan-a? Galstuk rangini ham tanlash kerak. Atir olishim kerak. Videochilar kech qolmasa bo‘ldi. Kortej uchun 5ta mashina kam emasmi? Sartaroshimga ham xabar qilib ertaroq borishimni aytishim kerak. Suratga tushish uchun studiya gaplashishim kerak. Do‘stlarim hammasi kalarmikan-a?
Xullas bir tinga qimmat o‘ylar!
Yigit kishi bunaqa mayda-chuyda narsalar haqida bosh qotirishining o‘zi g‘alati.
Agar senga ham shu narsalar haligacha qiziq va katta ahamiyatga ega bo‘lsa uylanmay qo‘yaqol!
Odatda shu kabi "мелочь" yigitlar kelgusidagi oilaviy hayotini ham rasvosini chiqaradi.
Eng qizig‘ini aytaymi?
Kuyovbolani soch turmagi 100% peshindan avval tayyor qilib qo‘yiladi.
Diqqat savol!
Kuyov bola peshin namozini o‘qiydimi ?
Boshga mas’h tortish lozim-ku axir tahoratda )
Qolgan namozlar haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas… Eng qizig‘i 5 mahal namoz qazo lekin birinchi kechada shukr namozi bor…
Xullas yigitlar tushunchalarimizni to‘g‘rilab olaylik!
Bir tinga qimmat ishlar uchun umringizni tikmang!
Shunchaki erkak bo‘lish lozim!
Erkak qanday bo‘ladi deysizmi ?
Kim biz uchun erkak sifatida o‘rnak ekanliklarini juda yaxshi bilsak kerak…