O‘qish kerakmi ?
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
Inson bu hayotda turli sabab va amallarga ko‘ra muvaffaqiyatga erishadi.
Kimgadir:
Uning diplomi Bakalavr o‘qimagani Qo‘lidagi hunari Orttirgan tanish-bilishlari Ota-onasi Muomalasi Til bilishi Yaxshi insonligi Xarakteri
Xullas barchada turli xil sabablar bor.
Lekin albatta yuqorida sanab o‘tilganlardan bir nechtasi bor.
Endi barchadan iltimos qilgan bo‘lar edim, sizning muvaffaqiyatingizga sabab bo‘lgan omilni mutlaq qilib olmanglar va barchaga faqat shu orqali muvaffaqiyatga erishilishi haqida bong urmang!
Bu faqat sizdagi holat (case) ekanligini ham tushuntirib o‘ting.
Ayniqsa yosh avlodga!
Deylik mening bakalavr o‘qimaganim meni muvaffaqiyatdan to’sib qo‘ygan joyi yo‘q. Chunki insonlar bakalavrda topadiganini men Najot Ta’limda topdim.
O‘sha ilm, o‘sha netvorking!
Bu case barchada ham ishlamaydi. Hamma ham men kabi muhit topa olmaydi.
Shu sabab ba’zida bakalavr o‘qish o‘ta muhim hisoblanadi.
Siz tanlagan yo‘nalish uchun ham diplom muhim bo‘lishi mumkin.
Ba’zilarning qo‘lida hunari bo‘ladi. Kimdir:
Zo‘r mashina ustasi Savdogarlik qila oladi Sotuvchi Operator Zo‘r taomlar pishira oladi
Bu kabi insonlar o‘z hunarini yanada yaxshiroq o‘rganib, shaxsiy brend qilgani bakalavr o‘qiganidan ancha manfaatli bo‘ladi.
Ba’zilarda tanish-bilishlari ko‘p va ular bilan ish qilish imkoniyati bor. Bo‘ldi ulardan foydalanish lozim.
Ba’zilarning ota-onasi boy, bizneslari bor. Bo‘ldi ota-onaning tadbirkorligini yanada rivojlantirish kerak! Why not?
Ba’zilarda shunchaki soft skill zo‘r rivojlangan bo‘ladi. Insonlarni zo‘r tushunadi, ular bilan bemalol muloqot qilib ishlarni bitirib yuradi.
Ba’zan siz shunchaki yaxshi insonligingiz sabab yonlarida olib yurgilari keladi. Sherik yoki shogird qilib olishadi.
Xullas sizdan nima o‘xshayotgan bo‘lsa shuning ortidan keting.
- O‘qish kerakmi?
- Kerak! Lekin aynan nimani va qayerda o‘qish bu insonning maqsad va rejalariga bog‘liq.