Biroz chuqurlashamiz
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
Insonda ma’rifat shakllanishining turli yo‘llar mavjud:
-
His qilish
-
Aql
-
Sodiq xabar
-
His qilishning o‘zi 5 qismga bo‘linadi:
-
Eshitish
-
Ko‘rish
-
Hidlash
-
Tatish
-
Ushlash
Bu toifadagi ilm insonning barcha ehtiyojlarini qoplay olmaydi.
Inson hayotining boshlang‘ich holatidagina ba’zi ehtiyojlarni qoplaydi.
Bular his qilishlar orqali ma’lum bir chegarada ilm olinadi.
Ko‘zimizning ham ko‘rish chegarasi, qulog‘imizni ham eshitish uzoqligi bor.
Va bular xato qilishi turgan gap.
- Aql ilm hosil bo‘lishi uchun ishlatiladigan muhim vositadir.
Aqlning mushohadasi orqali sobit bo‘lgan ilm - kasbiy ilmdir.
Aql bilan olingan ilmlar ham 2 ga bo‘linadi:
-
Tahlilsiz, hech qanday mushohadasiz, bir ko‘rishda o‘z o‘zidan hosil qilinadigan ilm.
-
Aqlni ishga solib hosil qilinadigan ilm.
Aql - his qilish a’zolarimiz xatolarini tuzatadi. Ularning olgan ma’lumotlarni tahlil qiladi va shu tariga haqiqat yoki yolg‘onga ajratadi.
Suvdagi narsalarning aksi siniq ko‘rinadi lekin aql ishlatilsa u narsa suv sabab siniq ko‘rinayotganini bilish mumkin.
Kasal inson taomlarni nordon deb biladi lekin aql yuritilsa u kasal bo‘lgani, ta’m bilish zaiflashgani uchungina shundan bo‘layotganini biladi.
Aql - Alloh tomonidan berilgan ne’mat, shu aql sabab Alloh insonni aziz va mukarram qildi.
Aqlning ozi baxtli bo‘lishimizga yetmaydi.
Aqlning ham xato ishlari juda ko‘p.
Aqlning xizmat doirasi his qilinishi mumkin bo‘lgan olam bilan chegaralangandir.
Gumon, xayol va tahlil - hech qachon ilmning o‘rnini bosa olmaydi.
- Aqlning xatosini to‘g‘rilab, kamchiligini to‘ldiradigan va u yetadigan narsalarga yetadigan ilm - Din!
“Mukammal saodat yo’li”, kitobidan ilhomlanib.