Kuch va aql
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
"Muskulni emas aqlni kuchaytiring" )
Nima uchun biz doim yoki u yoki bu deymiz?
Ikkisini ham birga olib ketsak bo‘lmaydimi?
Men doim generalist bo‘lishga harakat qilaman.
Tanlagan barcha yo‘nalish yoki ishlarimni birgalikda, bir biriga xalaqit bermagan holda olib borishga harakat qilaman, Alloh qodir qilganicha.
Sport zalga ketayotganda audio kitob eshitishda yoki shug‘ullanayotgan payti foydali podkast eshitishdan bizni nima to‘sadi ?
Yoki dars qilib o‘tirgan paytimiz tanaffus olganimizda xonaning o‘zida 20ta otjimaniya qishidan-chi ?
Bahona topilaveradi, shunchaki bitta rejaga solib harakatni boshlash kerak, qolgani yo‘lda hal bo‘lib keraveradi.
Yigit kishiga ba’zi holatlardan haqiqatdan uning kuchi aqlidan ko‘ra ko‘proq kerak bo‘ladi.
Ko‘proq yaxshilik qila olishimiz uchun ham kuchli bo‘lishimiz kerak yigitlar!
Shunchaki tasavvur qiling, yo‘lda ketyapsiz va oldingizda og‘ir yuk ko‘targan bir ayol.
U ayolning yuklarini og‘ir ekanligini his qilib, anglash uchun to‘g‘ri aql va farosat kerak lekin uni anglagandan keyingi harakat uchun albatta kuch bo‘lishi lozim.
Bir insonning mashinasi o‘chib qolgan, o‘t olmayapti, tabiiyki uni itarish kerak. Bu uchun kuch kerak.
Xullas yigitlar, hammasini eplashga majburmiz!
Ha majburmiz!
Chunki biz erkakmiz!