Energiya
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
Insonlardagi xarakter sabab ular bizni xursand yoki xafa qilishadi deb o‘ylaymiz. Aslida ham shunday lekin boshqa bir qarashni ham ko‘rib chiqsak.
Ba’zan insonlardagi energiya (pozitiv yoki negativ) ham ularning munosabatlariga ta’sir qiladi.
Kimda pozitiv energiya bo‘lsa kun davomida hammaning kayfiyatini ko‘tarishi, yordam berib yurishi mumkin.
Ba’zan negativ energiya saqlanib qolgan bo‘lsa kun bo‘yi uchratgan insonlarini kayfiyatlarini tushirib yuradi.
Bizdagi energiya xarakterimizdan ham ustun kelib qolishi mumkin.
Alloh bizga har kuni energiya taqdim etadi. Bu energiyani pozitiv yoki negativ qilish o‘zimizga bog‘liq.
Xuddi rizq kabi, halol yoki haromligini o‘zimiz tanlaganimizdek.
Oddiy bir misol: Bomdod o‘qib oila davrasiga qo‘shilish va bomdodga uhlab qolib oila davrasiga qo‘shilish.
Bu ikki holat ham energiya beradi.
Kun bo‘yicha negativ energiya yig‘ilishi mumkin. Bu energiyani kechki sport mashg‘ulotlari bilan chiqarib yuborish kerak.
Kimdir bizga vaqt ajramasa demak energiyasi yo‘qdir. )
Xafa qilib qo‘ysa negativ energiyasini biz orqali chiqarayotgandir. )
Maktab paytida sizlarda ham bo‘lgan bo‘lsa kerak, ustoz uyida eri bilan urishib kelib keyin o‘quvchilardan bor alamini olgani. )
Shu sabab ham insonlarning bir harakati sabab uni yaxshi yoki yomonga ajratish to'g'ri emas menimcha.