Kuz fasli menga juda yoqadi
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
Tafakkur qilish uchun ko‘p narsalarni uchratish mumkin bu faslda.
Doim meni e’tiborimni tortadigan narsa bu barglar to‘kilishi.
Bir qarashda bu daraxt uchun ayriliqdek ko‘rinadi. Lekin biroz muddatdan so‘ng Alloh unga yangi barglarni ato etadi.
Eng qizig‘i o‘sha to‘kilgan barglar ham besamar ketmaydi. Ular yer uchun ozuqadir.
Men bu jarayonlarni hayotda ham ko‘p kuzataman.
Alloh bir bandadan ba’zi narsalari oladi, undan-da yaxshisini berish uchun.
Unga musibatlar yuboradi, gunohlariga kafforat bo‘lishi uchun. Xuddi chirigan barglar to‘kilganidek, gunohlarni to‘kib yuborish uchun.
Barglar to‘kilgani daraxt quriganini anglatmaganidek, insonning boshidagi qiyinchiliklar va musibatlar inson tamom bo‘lganini anglatmaydi.
"Shunchaki kuz", deb qo‘yamiz-da…