Natija yoki shaxsiyat
1 daqiqa o'qish1 ko'rish
Doim qanday natija olishni o‘ylayveramiz lekin shaxsiyatimiz bilan ishimiz yo‘q!
Biz qilayotgan ishlar natijasidan ko‘ra ular bizdagi shaxsiyatga qanchalik ta’sir qilayotgani muhim.
Odam marafonga tayyorlanadi, maqsad medal olish. Ammo u jarayonda sabr, qat’iyat, o‘zini boshqarish, intizom kabi sifatlarni o‘zlashtiradi. Medal vaqtincha, lekin shaxsiyatdagi bu o‘zgarishlar butun umrga qoladi.
Talaba faqat imtihondan o‘tishni maqsad qilsa, natija diplom. Lekin o‘qish davomida o‘z ustida ishlash, mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirsa bu uning shaxsiyatini o‘zgartiradi. Natija o‘tib ketadi, shaxsiy rivojlanish qoladi.
Bir tadbirkor katta daromad qilishni niyat qiladi. Lekin bu yo‘lda u liderlik, odamlarni tushunish, muloqot qilish, tavakkal qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Daromad o‘zgarishi mumkin, lekin o‘sha shaxsiyatdagi o‘sish uning eng katta yutug‘i.
Biror odam ko‘proq kitob o‘qib, "ma’lumot yig‘ish"ni maqsad qiladi. Ammo aslida eng katta natija – u kengroq fikrlaydigan, sabrliroq, odamlarga boshqacha qaraydigan inson bo‘lib qolishi.
Haqiqiy hayotiy yutuq natija emas, balki kimga aylanib borayotganimiz.
"Atomic habits" kitobini o'qiyotganimda, ilhomlanib yozilgan post. )