Bu normal
1 daqiqa o'qish0 ko'rish
Muvaffaqiyatli karyera qurishni istaysizmi ?
Unda ba’zi holatlar tabiiy ekanligi, ya’ni siz bu holatga tushishingiz kerakligi haqida aytib o‘tmoqchiman.
Ish faoliyati boshlaganingizdan so‘ng:
-
Ko‘p xato qilasiz va bu normal. Faqat bir xil xatolarni takrorlamang, yangidan yangi xatolar qiling. )
-
Ko‘p va tez o‘rganishingiz kerak bo‘ladi va bu normal. Tez o‘rganish uchun eng samarali usul bu til bilishingiz.
-
24/7 aloqada bo‘lishingiz kerak bo‘ladi va bu normal. Shu sabab ham karyerani oilali bo‘lishdan avval qilib olgan yaxshi menimcha.
-
Over time ishlaysiz va bu normal. Faqat doimiy emas haftasiga 3 marta bo‘lgani afzal.
-
Doim ham yoqtirgan insonlaringiz bilan ishlamaysiz va bu normal. Ba’zida rahbaringiz yoki jamoadoshingiz sizga yoqmasligi mumkin.
-
Ozgina tajriba olganingizdan so‘ng o‘zingizni dunyodagi eng aqlli xodim deb bilasiz va normal. Lekin o‘zingizdan ketmang, siz hechkimsiz.
-
Lavozim tez ko‘tarilmaydi va bu normal. Gap lavozimda emas balki siz olayotgan va berayotgan narsaning qiymatida.
-
Oylik kam bo‘ladi va bu normal. Hozir pul topadigan emas tajriba oladigan payt.
-
Doim ham sen yoqtirgan vazifalarni bajaravermaysiz va bu normal. Senga umuman notanish va qiziq bo‘lmagan vazifalar ham ko‘p bo‘ladi.
-
Ishdan ketmoqchi bo‘lasiz va bu normal. Bu payti sizni bu joyda aynan nima ulab turganini yaxshilab aniqlashtirib oling.
-
Jamoadoshlar bilan kelishmovchiliklar bo‘ladi va bu normal. Shunchaki moslash va insonlarni o‘rgan.
-
Siz ideal deb o‘ylagan kompaniyada kamchiliklar ko‘rina boshlaydi va bu normal. Nolishdan ko‘ra isloh qilish afzal.
-
Ustozimdan yaxshi harakat qilyapman deb o‘ylaysiz va bu normal. Lekin sizning bu yaxshi harakatingizni Ustozingiz bir necha yillar avval qilib qo‘ygan bo‘ladi.
Yana davom etsak bo‘ladi…
Hammasi o‘z vaqtida bo‘ladi, shoshilmang va harakatda davom eting.